20:59 / 22.11.2015
6139

Hafta dayjesti: O‘tgan haftaning saralangan xabarlari

O‘tgan hafta davomida Kun.uz sayti o‘quvchilari tomonidan eng ko‘p miqdorda o‘qilgan xabarlar saralandi. Ko‘rish mumkinki, sayt o‘quvchilari dunyodagi dolzarb mavzulardan tashqari, maishiy hamda shou-biznes olamiga doir xabarlarga katta qiziqish bilan qarashgan.

Besh oylik go‘dak sabog‘i>>

Rossiyada FMX tomonidan o‘tkaziladigan reydlar chog‘ida muhojirlarning farzandlari tortib olinadi va bolalar uyiga topshiriladi. Ota-onalari oylab yugurib, o‘z farzandi uchun xujjat yig‘ib bolalarini oladilar. Bu holat yaqingacha, aniqrog‘i, Umarali Nazarov fojyeasigacha yuzaga chiqmay kelayotgandi.

“Sen menga ishonasanmi?” so‘zlarini yozib olgan musulmon yigitini yuzlab parijliklar bag‘riga bosishdi>>

Ko‘zlarini bog‘lab olgan holda “Men musulmonman, lekin menga sen terroristsan, deyishdi”, “Men senga ishonaman, sen ham menga ishonasanmi? Agar “ha” desang, meni bag‘ringga bos” jumlalarini yozib olgan musulmon yigitini parijliklar ber necha soat davomida bag‘riga bosishdi. Ayrimlar hattoki ko‘z yoshlarini yashirishmadi.

OAV: IShID pulni qayerdan olyapti?>>

Ma'lumki, IShID ayni paytda Buyuk Britaniyaga teng hududlarni nazorat ostiga oldi. Suriya va Iroqda u keng miqyosli urushni bir necha yildan buyon olib bormoqda. Nazorati ostidagi yerlarni bu guruh “xalifalik” deb nomlamoqda. Shu bilan birga, IShID davlat emas, balki harbiy guruh deb hisoblanadi.

“Hech kim sendan qarzdor emas”>>

Mehribon otaning Rojdestvo arafasida qiziga yozgan maktubi. Ko‘p narsani anglashga yordam beradi. 

Onasi Dubayga ishlashga ketib, o‘zi qulga aylantirilgan 9 yashar samarqandlik bola ozod etildi>>

Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent viloyati, Qoratau tumani prokurori Nurlan Kaynazarovning ma'lum qilishicha, “Dostik” kichik tumanida o‘tkazilgan reyd paytida 9 yashar bola topib olingan. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

Parij voqealari: Uchinchi jahon urushi boshlandimi?>>

2015 yilning 13 noyabri Fransiya tarixiga mudhish kunlardan biri sifatida kirdi. Odatdagi kunlarning birida hamma kundalik yumushlari bilan band edi. Kimdir savdo qilgan, kimdir do‘stlari bilan kafe-restoranlarda suhbatlashib o‘tirardi. O‘n minglab muxlislar esa Fransiya va Germaniya terma jamoalarining o‘rtoqlik o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga jam bo‘lishgan. Ammo shu lahzalarda sokin hayotga bir guruh qotil va jinoyatchilar qiyofasida notinchlik va qo‘rquv kirib keldi; terrorizm degan so‘z avval Parijni, so‘ngra butun dunyoni oyoqqa qalqitdi. 

Top