20:10 / 22.11.2015
5991

Indiana shtatida 12 yoshli qiz o‘gay onasini tasavvuridagi masxaraboz buyrug‘i bilan o‘ldirganini aytdi

AQShdagi Indiana shtatida o‘gay onasini o‘ldirib qo‘ygan 12 yoshli qiz bu jinoyatni tasavvuridagi masxaraboz buyrug‘i bilan amalga oshirganini aytdi. Bu haqda WSBT22 telekanali ma'lum qildi.

Bu jinoyat Elkxart okrugining poytaxti hisoblangan Goshen shahrida iyul oyida sodir etildi. Nomi keltirilmagan qiz o‘zining o‘gay onasi Mariya Torresga pichoq urgan. Ayol olingan jarohatdan voqea joyida halok bo‘lgan.

Maktab o‘quvchisi bo‘lgan qiz so‘roq davomida uni o‘gay onasini o‘ldirishga g‘ayrioddiy voqealarga bag‘ishlangan Creepypasta saytidagi o‘ylab topilgan personaj – Laughing Jack masxarabozi undaganini aytgan.

18 noyabrda oshkor etilgan sud hujjatlari qizda ruhiy kasallik – shaxsning ikkilanishi (shizofreniya) kasalligi borligini ko‘rsatdi. Qizda ushbu kasallikning borligini uch shikofor qayd qildi, ulardan ikkisi qizda jarohatdan keyingi stress holatini ham aniqlashdi. Tergov davomida yana shu narsa aniqlandiki, qiz qotillikni amalga oshirishdan bir necha oy avval otasidan yonga yordam berishni yolvorib so‘ragan.

Ruhshunoslar yosh jinoyatchini jazolab bo‘lmasligini aytib, uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga davolashga yuborishni tavsiya qilishmoqda. Biroq 16 ta shifoxona qizni qabul qilishdan bosh tortgan. Hozirda qiz Goshendagi balog‘atga yetmaganlar tergov izolyatorida saqlanmoqda.

Top