15:21 / 22.11.2015
5720

KXDR Seulning Sariq dengizdagi harakatlari uchun “shafqatsiz” o‘ch olishini aytdi

KXDR hukumati, agarda Koreya Respublikasi rasmiylari Sariq dengizda biror-bir harakatlarni amalga oshirsa, Pxenyanga tegishli hududlarga qarata o‘t ochsa, buning javobi og‘ir bo‘lishidan ogohlantirdi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, bu bayonot Yonpxyondo orolidagi voqeaning besh yilligi arafasida berilgan. O‘shanda, 2010 yilning 23 noyabrida Sariq dengizda ikki davlat o‘rtasida artilleriya otishmasi ro‘y bergan edi.
Shimoliy Koreya harbiylaridan birining ishontirishicha, Seul “KXDRning hududiy suvlarida yana hujum hozirlamoqda”.

Top