08:43 / 22.11.2015
3421

Messi: “Real” ustidan ajoyib g‘alaba va maydonga qaytishdan xursandman

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatida “Real” ustidan 0:4 hisobidagi yirik g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Klasikodagi ajoyib g‘alaba va maydonga qaytishimdan ichimda yoqimli hislar kechmoqda.

Oldinda yana uzoq yo‘l bor, biz kurashni davom ettiramiz va qolgan barcha uchrashuvlarni yutishga harakat qilamiz”, deb yozdi Messi feysbukdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik super futbolchi 26 sentabrda jarohat olgandan keyin, ilk bor maydonga tushdi: u uchrashuvning 57-daqiqasida Ivan Rakitichni almashtirdi.

Top