09:52 / 22.11.2015
3565

OAV: Britaniya 12 mlrd funt sterlingga 138ta qiruvchi samolyot sotib olmoqchi

Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn The Sunday Times nashriga bergan intervyusida 12 mlrd funt sterlingga 138 ta qiruvchi samolyot sotib olish haqidagi shartnomani e'lon qilishini ma'lum qildi.

Shu tariqa, Buyuk Britaniya AQShdan keyin eng kuchli zarba beruvchi aviatsiyaga ega davlatga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Buyuk Britaniya bosh vaziri ma'muriyatidagi manbalar Devid Kemeron Suriya ixtilofi va mamlakat kelajagi bo‘yicha 7 banddan iborat rejani tayyorlayotganini ma'lum qildilar.

Buyuk Britaniya quyi palatasida Suriyada operatsiya o‘tkazish bo‘yicha ovoz berish yaqin ikki hafta ichida bo‘lishi mumkinligi kutilmoqda.

Top