14:21 / 22.11.2015
7124

OAV: Floretino Peres Benites bo‘yicha bir qaror qabul qildi

"Real" jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites 1 hafta ichida iste'foga chiqarilishi mumkin.

Marca nashri xabariga ko‘ra, madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peres "Barselona" bilan o‘yindagi yirik mag‘lubiyat (0:4) tufayli u bilan shartnomani bekor qilish qaroriga kelgan.

Shu bilan birgalikda, Peres mavsum o‘rtasida bosh murabbiyni ishdan bo‘shatishdan manfaatdor emasligi ta'kidlangan. Bu masala 1 hafta ichida ko‘rib chiqilishi aytilgan.
Benites bilan hamkorlikning to‘xtatilishi jamoa futbolchilariga uning himoyaviy o‘yini yoqmayotgani sabab bo‘lishi ham mumkin.

Peres mavsum chempionligi uchun kurashdan barvaqt chiqishni istamayapti.

Benitesni ishdan bo‘shatish haqidagi qaror qabul qilinishi haqidagi qaror uning o‘rniga kimni olib kelish masalasi hal bo‘lsa, qabul qilinishi mumkin. Aynan shu omil bu qarorning shoshilinch tarzda chiqarilishini to‘xtatib turibdi.

Biroz oldinroq, "Real"ga Benitesdan keyin Zinedin Zidan murabbiy bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Lekin Zidan mavsum o‘rtasida jamoani qabul qilib olmasligini bildirgan.

Top