14:45 / 22.11.2015
16893

OAV uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkin 5 “o‘choq”ning nomini keltirdi

AQShning National Interest jurnalida ta'kidlanishicha, har qanday urush bitta uchqundan boshlanadi. Aynan mana shunday uchqun chiqishi mumkin bo‘lgan o‘choqlar hozir dunyoda beshta bo‘lib, ularga jahon hamjamiyati jiddiy e'tibor qaratishi lozim.
Birinchi navbatda bu Suriya ixtilofidir.
“IShIDning kuchayishi Fransiya, Rossiya, AQSh va boshqa davlatlarni bezovta qilmoqda. Ammo koalitsiya ham yetarlicha natija qila olmayapti. O‘z navbatida, Suriyada tashqi kuchlar o‘rtasida urushning avj olishi bu o‘choqqa Turkiya, Iroq va Saudiya Arabistonini tortib ketishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida, dunyoning boshqa qismlariga tarqalishi mumkin”, - deyiladi maqolada.
Bunday o‘choqlardan yana biri, kolumnistning fikricha, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi ixtilofdir. Uzoq yillardan beri oxiri ko‘rinmaydigan urush pirovardida kengayib ketishi mumkin, negaki Pokistonda yadroviy qurol bor, o‘z navbatida, Hindiston ham AQSh bilan yaqinlashmoqda.
Uchinchi o‘ringa nashr Sharqiy Xitoy dengizidagi vaziyatni qo‘ydi. Mana ikki yildirki u yerda XXR va Yaponiya Senkaku arxipelagi atrofida “xatarli” o‘yin o‘ynamoqda. Bu orollarga da'vo qilayotgan har ikki davlat uning atrofida o‘z qurolli kuchlarini joylashtirdi. Ular ochiq qarshilikka o‘tishsa, Yaponiyaning ittifoqchi AQSh chetda qola olmaydi.
Shu bilan birga, Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyat yanada murakkabroqdir. Bu yerda Xitoy bilan hudud talashayotgan ko‘plab mayda va o‘rta davlatlar yana o‘sha AQSh himoyasidadir. Tomonlardan biri o‘zini tuta olmay qolishi ehtimoldan uzoq emas, negaki bir tomondan XXR bu yerda sun'iy orollar yaratmoqda, boshqa tomondan esa, AQSh o‘z dengiz kuchlari yordamida bu yerdagi vaziyatni nazoratga olishga intilmoqda.
Nihoyat, oxirgi punkt Ukrainadagi vaziyat bilan bog‘liqdir. Agar Rossiya bu yerdagi harakatlarini jadallashtirsa, NATO aralashishi mumkin.

Top