10:50 / 22.11.2015
5361

Qirg‘izistonda Rossiya yo‘lovchi samolyoti noqulay qo‘nishi tufayli bir kishi jarohatlandi

Qirg‘iziston janubidagi O‘sh viloyatidagi aeroportda Krasnoyarskdan uchib kelgan Boeing-737 rusumli yo‘lovchi samolyoti noqulay qo‘nishni amalga oshirdi. Tuman tufayli ko‘rishda yuzaga kelgan muammolar tufayli samolyot qo‘nish yo‘lagidan chetga chiqib ketishiga bir baxya qolgan.

"Barcha yo‘lovchilar sog‘. Ayni vaqtda aeroportda uchishlarni amalga oshirishga ruxsat yo‘q", deya ma'lum qilgan aeroport vakili.

Ushbu samolyotda 153 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

"Interfaks" nashri xabariga ko‘ra, bu hodisa tufayli yo‘lovchilardan biri bo‘lgan ayol kichik jarohat olgan.

Qayd etilishicha, bu samolyot Bishkekdagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli O‘shga qo‘ndirilgandi.

Top