11:11 / 22.11.2015
3358

Saul Alvares Migel Kottoni 12 raund natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi

22 noyabrga o‘tar kechasi AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi tashkil etildi. Mandalay Bay arenasida o‘tkaziluvchi boks oqshomining markaziy jangida to‘rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Migel Kotto yana bir sobiq jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Jang 12 raundli jang davomida bironta nokdaun holati qayd etilmadi.

Mutaxassislar yoshi o‘tib qolgan Kottoning o‘yinni oxirigacha davom ettira olmasligini taxmin qilishgandi, ammo u jang oxirigacha o‘zini texnik tomondan yaxshi ko‘rsatdi.
Hakamlar jang so‘ngida bir ovozdan Alvaresning g‘alabasini ma'lum qilishdi (117-112, 119-109, 118-110).

35 yoshli Kotto bu jang uchun 15 mln dollar, 25 yoshli Alvares esa 5 mln dollar olishi kafolatlangan. Bu gonararlar miqdori jang teletranslyatsiyasidan tushgan foyda evaziga ortishi mumkin.

Top