07:59 / 22.11.2015
3656

Sharm-ash-Shayxda sayyohlik sohasida inqiroz kuzatilmoqda

Bir qator davlatlar, jumladan Rossiya va Buyuk Britaniyadan  parvozlarning bekor qilinishi oqibatida Sharm-ash-Shayx kurort shahridagi mehmonxonalar bor-yo‘g‘i 20 foizga to‘lmoqda, deb xabar bermoqda Janubiy Sinay mehmonxonalari ittifoqi raisi Husayn Favziyga iqtibos keltirgan holda The Cairo Post nashri

Favziyning aytishicha, Sharm-ash-Shayxda sayyohlik sohasida kuzatilayotgan vaziyatni “falokatli” deb tavsiflash mumkin.

Hozirda bu yerdagi sayyohlardan yarmi mamlakat ichida sayohat qiluvchi misrlik sayyohlarga to‘g‘ri kelmoqda.

Favziyning ta'kidlashicha, agar Misr hukumati aeroportlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirmasa, sayyohlik sohasini tiklab bo‘lmaydi. Uning aytishicha, mamlakatning hordiq chiqarish joyi sifatidagi xalqaro nufuzini tiklash uchun reklama tadbirlarini o‘tkazish zarur.

Misr sayyohlik vazirligi iqtisodiy maslahatchisi Odil Rahobning aytishicha, sayyohlikdan olinadigan 3-chorakdagi daromadlar reyslar bekor qilinishi sababli o‘tgan yildagiga nisbatan 15 foizga kamroqni tashkil qiladi.

Top