19:44 / 23.11.2015
4113

Andijondagi “Sahovat” uyi Yaponiya granti hisobiga zamonaviy qurilmalar bilan jihozlanadi

“Sahovat” uy-internatlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan zamonaviy qurilma va jihozlar bilan ta'minlash dasturi bo‘yicha grant ajratilishi arizasini ko‘rib chiqish munosabati bilan joriy yilning 20 noyabrida Andijondagi uy-internatga Yaponiyaning O‘zbekistondagi birinchi kotibi Mukai Shinichi tashrif buyurdi.

Yaponiyalik mehmonning uy-internatga tashrifi davomida u muassasada yolg‘iz keksalar va faxriylarning yashashi, davolanishi va xordiq chiqarishi uchun tashkil etilgan qulay sharoitlar bilan tanishtirildi.

Mukai Shinichi uy-internat hududidagi kapital qurilayotgan yangi obektlar hamda uy-internatda yashovchilarning salomatligi qanday mustahkamlanishi va bunda ishlatiladigan uskunalar bilan tanishdi, uy-internatdagilarning davolanishi va qulay yashashini ta'minlash uchun yangi qurilma va jihozlar borasida mutaxassislarning fikrini eshitdi.

Top