11:19 / 23.11.2015
6318

Avstraliya shaharlarida islomga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi

Avstraliyaning Melburn, Sidney, Pert va boshqa shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, hukumat ishtirokchilarni tarqatish uchun qalampirli aerozollardan foydalandi, deya xabar qildi SkyNews telkanali.

Ko‘chalarda mamlakatni islomlashtirishga qarshi namoyishga chiqqanlar va xilma-xil madaniyatli jamiyat tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi.
Melburndagi namoyishda yangi masjid qurilishi rejalashtirilishiga qarshilar va ushbu loyiha tarafdorlaridan iborat 1000 kishi ishtirokida namoyishlar bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuv xavfi vujudga kelganida, politsiya qalampirli aerozoldan foydalandi.

Shuningdek, politsiya 8 kishini qo‘lga olgani xabar qilindi. Ularning uch nafari quroldan foydalanishga uringani, to‘rt nafari jamoatchilik tartibini buzgani va noo‘rin xatti-harakati uchun qamoqqa olindi. Yana bir namoyishchi esa politsiya otini tepgani uchun jonivorlarga qattiqqo‘llik bilan munosabatda bo‘lganlikda ayblandi.
Boshqa shaharlarda namoyishlar tinch tarzda bo‘lib o‘tdi, deya qayd etdi SkyNews.

Top