22:50 / 23.11.2015
2752

Blatter va Platini 7 yil muddatga futboldan chetlatilishi mumkin

FIFA etika qo‘mitasi Yozef Blatter va Mishel Platiniga nisbatan olib borilgan tergov natijalarini qabul qilib oldi va dekabr oyida yakuniy qarorni chiqaradi.

Germaniyalik Xans-Yoaxim Ekerts boshchiligidagi Etika qo‘mitasi bugun, 23 noyabr kuni ikki amaldorga nisbatan ish ochdi.

Blatter oradan 9 yil o‘tib ketib ketganidan keyin FIFAdagi maslahatchi lavozimi uchun Platini hisobiga 2 million yevro o‘tkazib bergan va bu to‘lov hujjatlarda aks etmagan. Ular aybdor deb topilishsa, 7 yilga futboldan chetlatilishi mumkin.

Blatter va Platini o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovni inkor qilgan holda, mazkur to‘lov maslahatchi lavozimi uchun og‘zaki kelishuv asosida o‘tkazilganini ta'kidlab kelishmoqda.

Shuningdek, Blatter va Platiniga ular Etika qo‘mitasi bilan hamkorlikdan bosh tortgani uchun qo‘shimcha ayblov qo‘yilmoqda.

Har ikkala mutasaddi Lozannadagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilishmoqchi.

Top