17:47 / 23.11.2015
3198

Bloomberg: Saudiya Arabistoni va Angola Xitoy neft bozorida Rossiyani ortda qoldirmoqda

Rossiya Xitoyga neft yetkazib beruvchi asosiy davlat maqomini qo‘ldan boy berdi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy bojxona ma'muriyatiga asoslanib, xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, Rossiya 2 o‘rin pastga sho‘ng‘igan.

Xitoy bojxonachilarining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda Xitoyga neft yetkazib beruvchi asosiy davlatlar ro‘yxatini Saudiya Arabistoni egallab turibdi. Bu davlat oktabr oyida Xitoyga 3,99 mln tonna neft yetkazib bergan (bu sentabr oyidagidan 25 foizga ko‘p). Bu borada ikkinchi yaxshi ko‘rsatkich esa Angolaga tegishli. Angola oktabr oyida 3,64 tonna neft yetkazib bergan (bu sentabr oyidagidan 27 foizga ko‘p).

Uchinchi o‘rinda qolgan Rossiya esa o‘tgan oyda 3,41 mln tonna neft yetkazib bergan (sentabr oyidagidan 16 foiz kam).

Top