09:42 / 23.11.2015
4766

Donald Tramp: Nyu-Jyersidagi musulmonlar 11 sentabr teraktini xursandchilik bilan kutib olgandi

Nyu-Jyersi shtatining ayrim fuqarolari 2001 yilning 11 sentabr kuni Nyu-York shahridagi Jahon savdo tashkilotining egizak binolarning vayron bo‘lganidan xursand bo‘lishgan, dedi Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod, amerikalik nomzod Donald Tramp.

“Nyu-Jyersida ko‘plab arablar yashaydigan narigi qirg‘oqda (Gudzon daryosi) JST qulaganda xursand bo‘lganlar bor edi, - dedi Tramp AVS telekanali efirida. – Bu sodir bo‘ldi. Men ko‘rdim. Televizor orqali namoyish qilishdi”. U aynan qaysi telekanal va qaysi mamlakatda ushbu kadrlarni namoyish qilganiga oydinlik kiritmadi.

AQSh va Nyu-Jyersi shtati hukumati esa milliarderning mazkur voqealarga bu kabi munosabat aynan Nyu-Jyersi shahrida sodir bo‘lganini inkor etib chiqishdi.
“Tramp nohaq, u tomonlarning hissiyotini junbushga keltiradigan masalani siyosiylashtirmoqda, - dedi Jyersi-Siti shahri meri Stiven Fulop. – 11 sentabrda Jyersi-Sitida hech kim xursand bo‘lgani yo‘q. Aksincha, biz Manxettenga birinchilardan yordam ko‘rsatishga oshiqqanlardan bo‘ldik”.

Shahar rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Tramp xotira bilan bog‘liq muammoga duch kelgan yoki haqiqatni noto‘g‘ri talqin qilayapti.
Eslatib o‘tamiz, 2001 yilning 11 sentabr kuni Nyu-York, Vashington va Pensilvaniyada sodir bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatlari natijasida qariyb 3 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan, 6 ming kishi esa jarohatlargan edi. Halok bo‘lganlar orasida dunyoning 90 mamlakati fuqarolari bor.

Top