20:03 / 23.11.2015
7875

G‘ayrioddiy “vaqt mashinalari” - Marsdan Titanikkacha

G‘ayrioddiy tarzda yasalgan soatlar

Soat o‘ziga xos qiymatga ega bo‘lishi uchun narxi qimmat bo‘lishi, o‘ta murakkab yoki biror tarixga ega bo‘lishi shart emas. Ayrim soatlar g‘ayrioddiy xomashyolardan yasalgani, dizayni va ichki qismlari tufayli ham o‘ziga xoslikka erishishi mumkin. Quyida shveysar soatlariga bemalol raqobatchi bo‘ladigan soatlar bilan tanishishingiz mumkin.

“Zanis and Co”dan Mars va Oy changi bo‘lgan “Nuvati” soati

“Zanis and Co” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan bu soat shunchalik g‘ayrioddiyki, uning sapfir oynasi ostidagi Mars va Oy changi aralashgan yetmish dona mayda brilliant bemalol harakatlanadi. Agar bu soat sizga yoqmagan bo‘lsa, kompaniya katalogida sayyoramizda uchramaydigan xomashyolardan tayyorlangan boshqa modellarni ko‘rishingiz mumkin.  

“Cathode Corner”dan “The Nixie Watch” soati 

Bu soat vaqtni kattaligi o‘rtacha qo‘l soatidek keladigan lampalar yordamida ko‘rsatadi. Neon va simob bilan to‘ldirilgan shisha kolbalar zarbaga dosh beradigan korpus ichiga joylashgan bo‘lib, egasiga hech qanday xavf tug‘dirmaydi. Darvoqe, “Apple” kompaniyasi hammuassisi Stiv Voznyak shveysar soatlarini sotib olishga qurbi yetsa-da, narxi 300 dollar turadigan aynan mana shu modelning ishqibozi hisoblanadi. 

“Fonderie 47”dan “Inversion Principle” soati 

“Fonderie 47” xayriya tashkiloti Markaziy Afrikada yaroqsiz qurollarni sotib oladi va ularni suvga “aylantiradi”. Buning uchun esa muddatini o‘tab bo‘lgan qurol sotib olinib, undan soat yasaladi va soat sotuvidan tushgan pul suv tozalash inshootlarini qurish uchun sarflanadi. “Kalashnikov” avtomatidan yasalgan mana bu soatni sotib olish uchun 200 ming dollar to‘lash lozim.

“WEWOOD”dan “Alpha Army” soati 

“WEWOOD” kompaniyasi ham ekologik muammolarni hal etish bilan shug‘ullanadi. Kompaniya ishlab chiqargan yog‘och korpusli soatlari sotuvidan tushgan mablag‘ni o‘rmonlarni qayta tiklashga sarflaydi. Kompaniya faoliyat boshlaganiga atigi to‘rt yil bo‘lgan bo‘lsa-da, 300 ming tup daraxtni ko‘kartirishga erishdi. Bu soatning narxi 140 dollar turadi.

“Romain Jerome”dan “Liberty-DNA” soati 

“Romain Jerome” kompaniyasi soatlarida mashhur Berlin devoridan tortib “Titanikkacha” va “Apollo 11” kosmik kemasidan Ozodlik haykaligacha bo‘lgan tarixiy yodgorliklarning DNK zarralari bor. Soatning 15 ming dollar turishi ham unda haqiqatan DNK borligini isbotlaydi. Har bir modelning dizayni ham ma'lum bir ma'lum bir voqelik bilan bog‘liq. Masalan, “Liberty-DNA”ning Ozodlik haykalining boshidagi tojni eslatadi.

Top