18:45 / 23.11.2015
11206

Geteroxromiya yoxud ikki xil rangdagi ko‘zlar

Ikki xil rangli ko‘zlar fanda geteroxromiya deb ataladigan kamyob, g‘aroyib hodisa sanaladi. Geteroxromiya insonlarda kamdan-kam uchrovchi holat, ammo u jonivorlar o‘rtasida ko‘proq ko‘zga tashlanadi, ayniqsa, mushuklar orasida. Marhamat, tomosha qiling!

Geteroxromiya nasldan naslga o‘tuvchi belgi bo‘lib, genlar, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh va mutatsiya tufayli paydo bo‘ladi. Mushuk ko‘paytiruvchilar Turk Angorasi kabi mushuk zotlarida geteroxromiya belgisini saqlab qolishga harakat qilishadi.

Quyidagi keltirilgan mushuklar ichida Venera nomli bir tur mushuk borki, uning ko‘zlari ikki xilligiga sabab ximerizma genetik o‘zgarishidir. Ximerizmada jonivor tanasining har bir qismi turlicha rangda bo‘ladi.

Taviya etamiz! XABARDOR.UZ dagi eng qiziqarli ruknlar: HAYoT / HAYVONOT OLAMI / TABIAT

Top