18:55 / 23.11.2015
4470

Knauf Marg‘ilonda resurs markazi ochdi

Germaniyaning Knauf kompaniyasining 20 noyabr kuni O‘zbekistondagi o‘zining birinchi resurs markazini ochdi. Markaz Marg‘ilon qurilish kasb-hunar kolleji negizida tashkil qilindi.
Markaz O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Markaz kollej o‘quvchilariga old texnologiyalar hamda innovatsion yechimlar bilan tanishishga, qurilish sohasidagi sifatli va tejamkor metodlarni o‘rganishga yordam beradi.


Knauf resurs markazlari o‘z sertifikatini berish bo‘yicha qisqa muddatli ta'lim dasturlarini taklif qiladi. Guruhning MDHda O‘rta Osiyo va Kavkaz bo‘yicha savdo rahbari Frants Zattsinger O‘zbekistonda kompaniyaning 3 o‘quv markazi ishlayotganini, shu yil davomida ularda 600 kishi tahsil olganini eslatib o‘tdi.

Manba: UzDaily.uz

Top