Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 23 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.
5 kun ichida Rossiya aviatsiyasi IShIDning mingta benzin tashuvchisini yo‘q qildi>>
5 kun ichida Rossiya aviatsiyasi IShIDning neft xom ashyosini olib ketayotgan mingta benzin tashuvchisini yo‘q qildi.
Ramzon Qodirov: Chechenistonda IShID safiga qo‘shilganlarga nisbatan 292 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi>>
Chechenistonda IShID safiga qo‘shilgan 311 nafar kishiga nisbatan 292 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Dmitriy Medvedev AQSh siyosatini “mas'uliyatsiz” deb atadi>>
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQSh tomonidan yuritilayotgan siyosatni “mas'uliyatsiz” deb atadi.
Iordaniya qiroli 24 noyabrda Moskvaga tashrif buyuradi>>
Iordaniya qiroli Abdulloh II Moskvaga 24 noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazgani va IShID jangarilari bilan kurashishning usullari hamda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgani keladi.
Frantsuz politsiyasi Parijdagi teraktlarda ishtirok etgan uchinchi terrorchining suratini chop etdi>>
Frantsuz politsiyasi Parijdagi teraktlarda ishtirok etgan uchinchi terrorchining surati va tashqi belgilarini chop etdi.
Parij voqealaridan so‘ng Britaniyalik musulmonlarga hujumlar soni ortdi>>
Britan Musulmonlar jamiyati Parijdagi teraktlardan so‘ng musulmon ayollarga hujumlar soni ortganidan shikoyat qildi.
Turkiya kurdlar partiyasi yetakchisining mashinasi o‘qqa tutildi>>
Turkiyaning janubi-sharqida noma'lum shaxslar Kurd xalq demokratik partiyasining yetakchisi Salohiddin Temirtoshning mashinasiga qarata o‘q uzdi.
Yatsenyuk Ukrainani Yevropa deb atadi>>
Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk “Ukraina – bu Yevropa”, deb aytdi.
Tojikiston prezidentiga “millat rahnamosi” rutbasi beriladi>>
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga “millat rahnamosi” rutbasi beriladi.
IShID jangarilari Mosulda 19 politsiyachini garovga olishdi>>
IShID jangarilari Iroqning Mosul viloyati hududidagi el-Mrir qishlog‘ida (IShIDning Iroqdagi markazi Mosul shahridan 35 km janubda) 19 nafar politsiyachini hibsga oldi.
Qirg‘izistonda zilziladan jabr ko‘rganlar uchun ko‘mak punktlari ochildi>>
Qirg‘iziston poytaxtida O‘sh viloyatida sodir bo‘lgan zilziladan jabr ko‘rgan janubliklar uchun insonparvarlik yordamini yig‘ish punktlari ochildi.
Isroilda G‘azo sektoridan uchirilgan raketa portladi>>
Isroilning janubiy tumani bo‘lmish Eshkolyada G‘azo sektoridan jo‘natilgan raketa portladi.
Kaliforniyada 10 kishi “spays” sababli olamdan o‘tdi>>
Kaliforniya shtatidagi San-Diyego shahrida 10 kishi “spays” giyohvandlik moddasini iste'mol qilganidan so‘ng vafot etdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyada 22 noyabrda 141 harbiy parvoz uyushtirilganini ma'lum qildi>>
Rossiya Mudofaa vazirligi 22 noyabr kuni Suriyadagi terrorchilar marrasiga berilgan aviazarbalar borasida hisobot berdi.
Forbes: Rossiya IShIDga qarshi kurashda ortiq darajada kuchli qurol qo‘llamoqda>>
IShIDga qarshi olib borilayotgan harbiy kampaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putinga butun dunyoga o‘z qo‘li ostidagi kuchlarni namoyish etish imkoniyatini bermoqda.
1,5 mln qrimlik elektr ta'minotisiz qoldi>>
Qrim yarimorolida 1,5 million kishi elektr ta'minotisiz qoldi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”. “23 noyabr kuni tongda Qrimda 1,4 million, Sevastopolda 257 ming kishi elektr ta'minotisiz qoldi”, - dedi axborot manbasi.
Avstraliya shaharlarida islomga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi>>
Avstraliyaning Melburn, Sidney, Pert va boshqa shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, hukumat ishtirokchilarni tarqatish uchun qalampirli aerozollardan foydalandi.
Myanmadagi yer ko‘chkisi tufayli 100dan ortiq kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda>>
21 noyabr kuni kechasi Myanmaning shimolidagi Kashin viloyatida yuz bergan yer o‘pirilishi hodisasi tufayli halok bo‘lganlar soni 104 nafarga yetgan.
The Independent: Rossiya havo zarbalari tufayli Suriyada 400dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lgan>>
The Independent nashri biroz oldinroq, Suriyadagi IShID jangarilari tinch aholi vakillaridan "tirik qalqon" sifatida foydalanishayotgani to‘g‘risida xabar bergandi.