07:55 / 23.11.2015
17807

Meksikalik ruhoniy balog‘atga yetmagan opa-singilga nisbatan yuzlab nomusga tegishlarni amalga oshirgan

Meksikalik ruhoniy Alfredo Xuerto Zavala 13 va 14 yoshli opa-singilning nomusiga tegishda ayblanmoqda. Bu haqda The Huffington Post nashri ma'lum qildi.

56 yoshli ruhoniy Oaksaka shahrida qizlar bilan yuzlab marotaba jinsiy aloqaga kirgan. Politsiyaning ta'kidlashicha, u qizlarni o‘zining Iso Masih nazari tushganligiga ishonishga majbur qilib, unga so‘zsiz itoat qilishlari lozimligini buyurgan.

Zavala hibsga olindi, u 35 yilgacha qamoq jazosiga tortilishi mumkin.

2012 yil may oyida Vatikan balog‘atga yetmaganlarga jinsiy tajovuz qilgan “Masih legioni” katolik ordenining 7 nafar a'zosiga nisbatan tergov boshlagan edi. Bu ordenga Meksikada 1941 yilda asos solingan. Uning asoschisi, 2008 yilda vafot etgan Marsyal Masel seminariya o‘quvchilariga nisbatan jinsiy tajovuzlarda bir necha bor ayblangan.  

Maselga nisbatan ayblovlar isbotlanganiga qaramasdan, u uzoq vaqt davomida jazodan qochishga muvaffaq bo‘lib kelgan. 2005 yilda Rim papasi Benedikt XVI bo‘lgandan keyingina Masel ordenni boshqarishdan chetlatilgan edi.   

Top