11:46 / 23.11.2015
22574

Olimlar tezda aqlli bo‘lib qolishning yo‘lini kashf etishdi

Sharqiy London universiteti tadqiqotchilari inson miyasining tez va yaxshi ishlashi hamda intellektual imkoniyatlarini oshirishning oddiy usulini tadbiq etishdi. Buning uchun oddiy suvdan yetarli miqdorda ichish kifoya qilar ekan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bir stakan suv ichish bilan inson miyasi ishlashining yaxshilanishi 15 foizga ortar ekan, deb ma'lum qilmoqda Sibnet.ru. Buni isbot qilishi uchun tadqiqotchilar ko‘ngillilardan tuzilgan ikki guruhni ajratishdi. Ulardan biri nonushtadan keyin bir stakan suv ichishdi, ikkinchi guruh esa ichmadi. Keyin ulardan test savollari olishdi.

Xulosa shu bo‘ldiki, nonushtadan so‘ng oddiy, gazlanmagan suv ichgan guruh a'zolari ikkinchi guruh vakillariga nisbatan test savollarini to‘g‘ri ishlashgan. Bu haqda universitet saytida ma'lum qilingan.
Olimlarning ta'kidlashicha, organizmdagi yetarli miqdordagi namlik nafaqat miya faoliyati, balki insonning barcha tana a'zolari harakatini ham me'yorlashtiradi.

Top