19:01 / 23.11.2015
2094

O‘zbekistonda “Uydagi tinchlikdan jahondagi tinchlik sari” xalqaro aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Joriy yil 19 noyabridan e'tiboran mamlakatimizda an'anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Uydagi tinchlikdan jahondagi tinchlik sari” xalqaro aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Turkiston-press” axborot agentligining ma'lum qilishicha, mazkur aksiya doirasida mamlakatimizning barcha hududlarida tashkil qilinadigan bir qator tadbirlarning asosiy maqsadi xotin-qizlarning ijtimoiy huquqlarini ilgari surish va himoya qilish masalasiga keng jamoatchilikning e'tiborini jalb etishdan iboratdir.

Mazkur xalqaro aksiya oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, YeXHT loyihalarining mamlakatimizdagi koordinatori ofisi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zNNTMA, Fuqarolik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash markazi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Unda ma'lum qilinishicha, xalqaro aksiya doirasida bir qator davra suhbatlari, seminar-treninglar va madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top