16:07 / 23.11.2015
6326

Parij voqealaridan so‘ng Britaniyalik musulmonlarga hujumlar soni ortdi

Britan Musulmonlar jamiyati Parijdagi teraktlardan so‘ng musulmon ayollarga hujumlar soni ortganidan shikoyat qildi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Parijdagi qo‘poruvchiliklardan keyingi bir hafta ichida musulmon ayollarga diniy va irqiy asoslarga ko‘ra 115 marotaba hujum uyushtirilgan. Eng ko‘p 14dan 45 yoshgacha bo‘lgan hijobli ayollar zo‘ravonliklardan aziyat chekkan.

Hujum qiluvchilar esa 15-35 yoshdagi oq tanli erkaklardir. Voqealar esa asosan jamoat joylarida sodir bo‘lgan. Shu munosabat bilan hukumatda islomofobiya masalalari bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hisobotda keltirilishicha, musulmon ayollarga turli og‘ir so‘zlar (eng ko‘p terrorist, bombachi) bilan yoki jismoniy kuch ishlatish yo‘li bilan tazyiq o‘tkazilmoqda. Jabrlanganlar politsiya va musulmon jamiyatlariga murojaat qilishdan ham juda qo‘rqib qolishgan.

Top