19:48 / 23.11.2015
2215

Poroshenko ukrainalik qahramonlar yodgorligini yaratishga buyruq berdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ukrainalik qahramonlar yodgorligini yaratish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibini tasdiqlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Poroshenko saytida ma'lum qilindi.

“Tashkiliy qo‘mita Kiyevda ukrainalik qahramonlar yodgorligini yaratish bo‘yicha taklifni ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qilishi kerak”, deyilmoqda xabarda.

Qo‘mita rahbarlari etib Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk va prezident ma'muriyati boshlig‘i Boris Lojkin tayinlandi.

Avvalroq Kiyevda “maydanda” halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgani ma'lum bo‘lgandi.

Top