15:42 / 23.11.2015
4695

Samarqand viloyati mansabdorlari deputatlik so‘rovlariga javob bermayapti

Samarqand viloyat Kengashining 56-Jozmon saylov okrugi deputati Mohira O‘tayeva joylarda haligacha deputatlik so‘rovlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq muammolar uchrayotganini afsus bilan tan oldi. Bu haqda “Samarkandskiy vestnik” nashri yozmoqda.

Uning so‘zlariga qaraganda, tegishli tashkilotlarga aholining muammolarini hal qilish uchun yo‘llangan 5 deputatlik so‘rovlaridan faqat bittasiga javob olindi.

“Jumladan, Samarqand viloyati Samarqand va Urgut tumanlari aholisining Nayzatepa, Mirzaobod, Yangiariq (Samarqand tumani), Xalqobod, O‘krach, Savg‘on (Urgut tumani) qishloqlaridan o‘tadigan yo‘lni ta'mirlab berish haqidagi 12 apreldagi murojaati asosida tilga olingan tumanlar hokimlariga, Samarqand hokimiyati yo‘l boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovlari kiritilgan edi. Afsuski, javob haligacha kelmadi.

Shuningdek, Samarqand, Tayloq va Urgut tumanlari aholisining so‘rovlari asosida Samarqand viloyat elektr tarmoqlari korxonasiga ham qaytadan kiritildi, ushbu tumanlarning ayrim mahallalarida elektr ta'minoti sutkasiga 10 soat bilan chegaralangan”, - uning so‘zlarini keltiradi nashr.

Top