17:00 / 23.11.2015
3228

Suyunbek O‘murzaqov: yaxshi terrorchi va ekstremistlar bo‘lmaydi

“Yaxshi terrorchi va ekstremistlar bo‘lmaydi, biz ularning barchasini jamiyatdan ajratishimiz lozim”, - dedi Qirg‘iz Respublikasi IIV Bosh boshqarmasining O‘sh viloyati bo‘yicha boshlig‘i Suyunbek O‘murzaqov idora yig‘ilishi chog‘ida.

Bu haqda muassasaning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, rahbariyat jamoat joylaridagi qoidabuzarlikni tezkorlik bilan bartaraf etish guruhlari va naryadlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash zarurligini ta'kidlagan.

“Yaqin Sharqda diniy ekstremistlar va terrorchilarga qarshi keng miqyosli kurash ketmoqda. U yerga jang qilishga ketgan fuqarolar o‘z yurtlariga yaqinda qaytishga majbur bo‘lishadi. Biz ularning har birini bilishimiz hamda jamiyatdan cheklash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishimiz lozim. Ko‘p qon ko‘rgan, ruhiyati buzilgan, diniy ekstremizm tarafdori bo‘lgan odamlardan yaxshilik kutish befoyda”, - dedi militsiya boshlig‘i.

Top