08:14 / 23.11.2015
3065

Turkiya kurdlar partiyasi yetakchisining mashinasi o‘qqa tutildi

Turkiyaning janubi-sharqida noma'lum shaxslar Kurd xalq demokratik partiyasining yetakchisi Salohiddin Temirtoshning mashinasiga qarata o‘q uzdi, deb xabar bermoqda Reuters.

O‘q zirhlangan orqa oynaga borib tekkan, Temirtosh jabrlanmagan.

“O‘lim — Xudoning irodasi”, — dedi siyosatchi Diyorbakirda bo‘lib o‘tgan hujumga nisbatan izoh berar ekan.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan Turkiya parlamenti saylovlarida Temirtoshning partiyasi 10 foizlik ovozga ega bo‘lgan edi. Dovudo‘g‘lining partiyasi esa 49,36 foizlik ovoz yiqqan edi.

Top