23:19 / 23.11.2015
2754

Venger: Yanvar transfer uchun qulay vaqt emas. Lekin jarohatlangan futbolchilar o‘rniga yangilarini olish kerak

Bir qator futbolchilari jarohat tufayli safdan chiqqan "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger bu vaziyatni qanday hal qilmoqchiligi to‘g‘risida so‘zlab berdi

U Remzining holati haqida aytar ekan, uni "Dinamo"ga qarshi YeChL o‘yiniga tushirish bo‘yicha qaror qabul qilmaganini bildirgan.

"Vest Bromvich"ga qarshi o‘yin boshida jarohat olib maydonni tark etgan, "kanonirlar"ning asosiy tayanch yarim himoyachisi Frensis Koklen esa 2 oy muddatga safdan chiqqani ma'lum bo‘lgach, murabbiy uning o‘rniga hozircha Flamini yoki Chembers o‘ynashini bildirgan.

U qishki transferlar vaqtida yangi futbolchilar sotib olish orqali chiziqlardagi muammolar hal qilinishini ta'kidlab o‘tgan.

Ba'zan jarohatlar boshqa futbolchilarga o‘zini ko‘rsatish imkonini beradi. Yanvar oyi transferlar amalga oshirish uchun qulay vaqt bo‘lmasada, biz kerakli xaridlar qilamiz", - deydi Venger.

Top