10:09 / 23.11.2015
2267

Yangi Orleandagi otishma natijasida 16 kishi jabrlandi

Yangi Orleandagi bog‘da ro‘y bergan otishmada 10 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda NBC.
Ma'lum bo‘lishicha, otishma ziyofat paytida kelib chiqqan.

Huquq-tartibot xodimlarining ma'lum qilishicha, voqea sababi jinoiy guruhlarning ziddiyati bo‘lishi mumkin.

Mahalliy WWLTV kanali jurnalisti o‘z tvitterida shahar meri va politsiyasi boshlig‘i voqea joyiga yetib borishganini yozib o‘tgan.
Matbuot anjumanida 16 nafar kishi shifoxonaga jo‘natilgani aytib o‘tilgan.

Top