07:17 / 24.11.2015
1852

“Chelsi” o‘tgan mavsumda 23,1 mln funt sterling zarar ko‘rdi

Londonning “Chelsi” klubi 30 iyunda yakunlangan moliyaviy yilga yakun yasadi.

O‘tgan moliyaviy yilda London klubi 314,3 mln funt sterling tushumga ega bo‘lgan. Shu bilan birga klub 23,1 mln funt sterling zarar ko‘rdi.

“Chelsi” bunday ziyonga qaramasdan, futbol bilan bog‘liq faoliyatdan olinadigan daromad va sarf-xarajat o‘rtasidagi nisbat bo‘yicha moliyaviy feyr-pley qoidalari talab qiladigan shartlarga to‘g‘ri kela oldi.  

Klubning tushumi 319,8 mln dan 314,3 mln funt sterlinggacha kamayib ketgan, bu salbiy holat klubning 2013/2014 yillardagi mavsumda Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatsizroq ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan.  

Biroq 314,3 mln funt sterlinglik tushum “Chelsi”ning butun tarixida tushum bo‘yicha ikkinchi ko‘rsatkichdir.

Top