08:16 / 24.11.2015
3168

“Rossiya temir yo‘llari” Eronda temir yo‘l liniyalarini elektrlashtirish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Rossiyaning RZD International va “Eron temir yo‘llari” kompaniyalari Garmsar-Incha-Burun temir yo‘l qismini elektrlashtirish loyihasi bo‘yicha loyihalashtirish, materiallar va qurilmalar yetkazib berish hamda qurilishni olib borish bo‘yicha shartnoma imzolashdi, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.    

Shartnomani imzolash marosimi Rossiya va Eron prezidentlari uchrashuvlari natijalariga ko‘ra ular ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

“Rossiya temir yo‘llari” (“Rossiyskiye jyeleznyye dorogi”) ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu temir yo‘l qismining uzunligi 495 km ni tashkil qiladi.

Garmsar Eron markazida, Tehrondan sharqqa tomon 80 km uzoqlikda, Incha-Burun esa Turkmaniston bilan chegarada joylashgan.

Avvalroq “Rossiya temir yo‘llari” Erondagi loyihalarni amalga oshirish uchun 860 mln dollar sarflashi ma'lum qilingandi.

Top