12:06 / 24.11.2015
3062

2015 yilning 10 oyida Qirg‘izistonda voyaga yetmaganlar tomonidan 900dan ortiq jinoyat sodir etildi

2015 yilning yanvaridan noyabr oyigacha bo‘lgan muddat ichida voyaga yetmagan yoshlar tomonidan 911ta jinoyat sodir etilgani qayd qilingan. Bu esa o‘tgan yilning shu holatidagi ko‘rsatkichdan 199taga ko‘p.

Qirg‘iziston IIVning jamoatchilik xavfsizligi bo‘yicha bo‘limi rahbari Azamat Abdraxmonovning ma'lum qilishicha, bu jinoyatlarning 136tasi ta'magirlik (2014 yilda 10 oy ichida voyaga yetmaganlar tomonidan 199ta shunday jinoyat amalga oshirilgan) jinoyati hisoblanadi (shundan 120tasi Bishkek shahrida qayd qilingan).

"Ota-onalar ishtirokida ma'muriy bayonnomalar tuzilgan. Ular o‘z farzandlarining qilmishlari uchun javobgar hisoblanadi", deydi vakil.

"Bundan tashqari, 2015 yilning 10 oyida voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy tajovvuz qilish bilan bog‘liq 149ta jinoyat qayd etilgan (bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 10taga ko‘p). Jinoyat ko‘rsatkichlarining ortishiga aholi o‘rtasida beparvolik ortishi va bolalar tarbiyasiga e'tibor qaratilmayotgani sabab hisoblanadi. Bunga qarshi eng yaxshi vosita - jinoyatchilarni aniqlash va jazolashdir", degan u.

Top