17:14 / 24.11.2015
8328

Bizni o‘ziga maftun etgan top 10 liklar

U maqola bo‘ladimi yoki eshittirish, biror-bir ko‘rsatuv va shunga o‘xshash ko‘ngilochar axborot bo‘ladimi “top 10” degan atama darrov e'tiborimizni o‘ziga jalb etadi. Xo‘sh, nega?

1. Biz nima olishimizni aniq bilamiz

“Hali tibbiyot topa olmagan 10 jumboq” yoki “Miyani yaxshi ishlatishga yordam beradigan 60 ta omil” kabi atamalar bizga yaxshi ma'lum. Ularni gazetalarda, reklama roliklarida va albatta saytimizda ham uchratish mumkin. Ro‘yxatlar raqamlangan hamda biz ularni tezroq o‘qishga kirishib ketamiz. Qandaydir fikr olish maqsadida ro‘yxatni o‘qishda davom etamiz. Bu psixologik usul bo‘lib, keltirilgan ma'lumotlarni osonlik bilan eslab qolishga hamda qo‘llashimizga sabab bo‘ladi. 

2. Bizga nimanidir o‘tkazib yuborish yoqmaydi

Ro‘yxatni o‘qiy boshlagach, uni oxiriga yetgazmasi tashlab qo‘yish judayam qiyin. Siz ro‘yxatning nomi bilan tanishgach shunga amin bo‘lasizki, go‘yo undagi butun ma'lumotlar qo‘lingizda, faqatgina uni o‘qish kerak xolos. Agar bunday qilmasangiz, “og‘zingizdagi oshni oldirib qo‘yasiz”. Deniyel Kaneman va boshqa psixologlarning ko‘p yillik olib borgan tadqiqotlari xulosasi shunday bo‘ldiki, biz qo‘limizda bor narsalarni yo‘qotishni sira istamaymiz. Shu bois maqolani o‘qish, undagi ma'lumotlarni qo‘ldan chiqarib yuborishga qaraganda osonroq kechadi.

3. Ular miyamizga kam og‘irlik tushiradi

Internetdagi ma'lumotlarni o‘qish bizdan bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarishni talab etadi. Chunki biz bir vaqtning o‘zida o‘qiymiz, qaysi ssylkaga kirish qarorini chiqaramiz, sichqoncha kursorini qayoqqa olib borishni hal etamiz va ochiq oynani qayoyoqa joylashtirishni hal etamiz. Pastga tushirib qo‘yilgan oynalar, elektron xatlar va kiruvchi xabarlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi.

Olbani universiteti (Nyu-York shtati) olimlarining aniqlashicha, bunday yo‘l tutish aksari hollarda diqqatni jamlashning buzilishiga olib keladi. Ana shunday holatda ma'lumotlar ro‘yxati, ya'ni top-10liklar yordamga keladi. Ular aytilayotgan ma'lumotlarni qabul qilishimizni osonlashtiradi.

4. O‘zimizni o‘ta band, deb o‘ylash bizga yoqadi

Bundan o‘n yillar muqaddam yashab o‘tgan odamlarga qaraganda o‘ta bandligimizga o‘zimizni-o‘zimiz osonlikcha ishontirganmiz. Agar o‘n yil oldin qilingan ishlarni bugungisi bilan taqqoslasak, bu noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. 1887 yilda Nitsshe shunday degan edi: “Inson hatto tushlik qilib turgan bir paytda, fond bozorining so‘nggi yangiliklari bilan tanisha turib, qo‘lidagi soatga qarab tafakkur qiladi”.

Agar AQShni misol tariqasida oladigan bo‘lsak, oxirgi 50 yil ichida olib borilgan turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklarda bundan besh-olti yilga nisbatan hafta davomida 6–9 soat bo‘sh vaqtlar qolayotgan ekan.

Bundan tashqari, axborot olami bizga shunday imkoniyat berdiki, biz hech bir joyga qimirlamay ma'lumotlar to‘plashimiz va bu bilan ancha-buncha vaqtimizni tejashimiz mumkin. Shu bois bizga vaqt tejash amaliyoti yoqib qolgan va biz uzundan-uzoq maqola emas, balki qiziqarli ro‘yxatdan iborat maqolalar yoqadi.

5. Ro‘yxat bizga axborotga tezkorlik bilan nazar tashlash imkonini beradi

“Eng tavakkalchi 10 ta sarguzashtchi”ga o‘xshash maqola shaklini biz yaxshi qabul qilamiz. Qolaversa, amalda qo‘llash uchun ham bu usul samarali hisoblanadi. Masalan, “O‘z yomon odatlaringiz bilan ko‘rashishda sizga qo‘l keladigan 9 odat”, degan maqolani tezgina ko‘zdan kechirasiz va o‘zingizga kerakli ruknni topib olasiz. Undagi maslahatni darrov o‘qib chiqasiz va amalda qo‘llashni boshlaysiz.

Barcha narsaning o‘z chegarasi bor. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar har bir rukn bir-biriga uzviy bog‘lansa, maqoladagi o‘qimishlilikka zarar yetadi. U zerikarli bo‘lib qoladi. Bundan tashqari tadqiqotchilar agar matnda ko‘p sarlavha qo‘llasa nima bo‘lishini ham aniqladilar. Vashington universiteti olimlari shuni aniqladilarki,  har 200 so‘zda sarlavha qo‘llanilsa, maqsadga muvoffiq bo‘ladi. Sarlavha miqdorining ko‘pligi o‘quvchini chalg‘itadi va asl maqsad yo‘qotib qo‘yiladi.

6. …va biz har doim qancha qolganini aniq bilib turamiz

Ayrim muharrirlarning aytishlariga qaraganda, qiziqarli maqolada ko‘p sarlavha bo‘lishi kerak. Internetda to‘liq bir sahifani o‘qib chiqish, kitobnikiga qaraganda ancha og‘ir. Buning yagona sababi bor, biz kitobda davomi qancha qolganini doim his etib turamiz. Xuddi shunday ro‘yxatli maqola ham bizga ana shunday hissiyot beradi. Biz uni o‘qish jarayonida raqamlarga ahmiyat qaratib, yana qancha o‘qishimiz lozimligini nazorat qilib turamiz.

7. Bizga ro‘yxat nimalardan iboratligini taxmin qilish qiziq tuyuladi…

Agar siz maqola ro‘yxat asosida tayyorlaganligini bilsangiz, bunday holatda uni o‘qishdan o‘zingizni tiya olmaysiz. Bu huddi o‘yinga o‘xshaydi. Masalan siz 80-90 yillarda chiqqan kofetlarni top 10 taligini aytib bera olasizmi? Agar bu to‘g‘ri-noto‘g‘ri javoblardan iborat viktorina bo‘lmasa undan ham yaxshi. Ro‘yxatli maqola muallifning sub'yektiv hukmlariga asoslangan bo‘lib, uni tasodifiy tanlangan ma'lumotlar birlashtirib turadi. Bu o‘yinning yaxshi turi hisoblanadi. Nevrologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miyamiz 50 foiz g‘alaba hissini tuysa, u dofamin (quvonch gormoni) ishlab chiqarishni boshlaydi va biz, albatta, g‘alaba qozonamiz. Va siz ro‘yxat bilan tanishmay turib g‘alaba qozondingizmi yoki yo‘q, bila olmaysiz.

8. … va biz to‘g‘ri ishonch hosil etishni yoqtiramiz

Ro‘yxatning eng go‘zal tomoni shundaki, undagi nimaga e'tibor qaratsangiz, darrov qaror qabul qilishga shoshilasiz. Biz ishonch hosil qilgan har qanday axborotga diqqat-eʼtiborimizni juda yaxshi qaratamiz. Ro‘yxat esa bu borada bizni qanoatlantiradi. Masalan, siz 80-yillarning umuman eshitmagan eng zo‘r filmlari 10 taligi bilan tanishayapsiz. Agar unda o‘zingiz bilgan biror-bir filmni ko‘rib qolsangiz, darrov e'tiboringizni unga qaratasiz. Mana, gap nima haqida ketayapti.

9. Ro‘yxat yakun haqida yoqimli his beradi

Ro‘yxat shaklidagi qadoqlangan axborot bizga shunday his beradiki, biz uning bandlari barcha narsani o‘zida qamrab olganiga ishonamiz. Bizga esa o‘zgaruvchan dunyoda barcha narsani nazorat qilib borish judayam yoqadi. Oxirgi o‘n yillikda olib borilgan psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, odamzot har qanday narsa ustidan nazorat o‘rnatishni ma'qul ko‘rar ekan. Garchi uning o‘ylaganlari hayoti tajribaga to‘g‘ri kelmasa ham.

10. Ro‘yxat jurnalistlarning jon-dili

Ro‘yxatni nafaqat o‘quvchilar yoqtiradi, balki jrnalistlar uni sevadi. Rostan ham o‘z maqolalariga o‘quvchi diqqatini tortishning bundanda samarali usuli bormikan? Axir bu tayyor loyihaku. Muhimi — oxirgi ruknni to‘g‘ri topa bilish. Shundagina ro‘yxatni muvaffaqiyatli yakunlash mumkin…

Top