08:05 / 24.11.2015
3728

Daniel Alves: “Ronalduga bosh qahramon bo‘lish yoqsa, unda mag‘lubiyatni ham ko‘tara olsin”

“Barselona” himoyachisi Daniel Alves “Real” bilan bo‘lgan o‘yindagi g‘alabasidan so‘ng, Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrini bayon qilib o‘tdi.

“U yuqori darajadagi futbolchi. Balki barcha muammo shundadir.

Nega men bunday gapiryapman? Ronaldu bosh qahramon bo‘lishni yoqtiradi. Qachon g‘alaba qozonsang, barcha sen haqingda gapiradi. Odamlarning diqqat markazida bo‘lasan.

Agar bu senga yoqsa, mag‘lubiyatga uchrashni ham ko‘tara olishing kerak. Agar jamoa nimanidir noto‘g‘ri qilayotgan bo‘lsa, u mag‘lubiyatga uchrasa, barchasi sening yelkanga tushadi. To‘g‘risini aytsam, meni Ronalduning nima qilayotgani uncha qiziqtirmaydi”, — deb o‘tdi Alves.

Top