10:05 / 24.11.2015
16048

Ekspert: IShID byudjyeti Tojikiston va Qirg‘iziston byudjyetiga teng

2015 yilda IShID byudjyeti 2 mlrd dollar miqdorida 250 mln dollar profitsit bilan belgilangan edi. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti Yaqin va O‘rta Sharqni o‘rganish markazi katta ilmiy xodimi Vladimir Sajin ma'lumot berdi.
Uning aytishicha, IShID guruhi allaqachon kvazidavlatchilik xususiyatlariga ega bo‘la boshladi; ayni paytda u Iroqning uchdan birini, Suriyaning yarmidan ko‘prog‘ini nazorat qilmoqda.

IShID byudjyeti Tojikiston va Qirg‘iziston singari davlatlar byudjyetiga teng.
Masalan, Tojikiston byudjyeti yiliga o‘rtacha 2.3-2.5 mlrd dollarni tashkil qiladi, 2014 yili esa profitsit 24 mln dollarga teng bo‘ldi. Qirg‘iziston byudjyeti 2-2.2 mlrd dollarga teng, 2014 yildan u 34 mln dollar defitsit bilan chiqdi.

Jangarilar egallab olgan 90 ming kv km hududda ko‘plab korxonalar, shu jumladan, neft-kimyo sanoati obektlari ham bor. Shuningdek, ular bu hududda yashovchi 8 mln aholidan o‘lpon to‘playdi. Qiyos uchun, Tojikiston hududi 142 ming kv km, aholi – 8 mln kishidan ko‘proq. Qirg‘iziston hududi – 198.5 ming kv km, aholisi – 6 mln kishi.

IShID bugun o‘ziga tegishli hududlardagi 2 trln dollarlik moddiy aktivlarni boshqarmoqda, uning yillik aylanmasi esa 3 mlrd dollarni tashkil qiladi, deb xulosa qildi ekspert.

Top