23:06 / 24.11.2015
2457

Yevrokomissiya muhojirlar masalasida Turkiyaga 3 mlrd dollar mablag‘ ajratdi

Yevrokomissiya Turkiyaga migratsiya inqiroziga qarshi kurashish uchun 3 mlrd dollar mablag‘ yo‘naltirdi. Bu haqda Bryusselda chaqirilgan Yevrokomissiya bayonotida keltirib o‘tilgan.

"Turkiyaga ajratilgan pul qiymati 3 mlrd dollarni tashkil etadi. U 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab yo‘naltiriladi”, - deyiladi hujjatda.

Joriy yilning 29 noyabr kuni Bryusselda muhojirlar masalasi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasida sammit bo‘lib o‘tadi. Donald Tuskning fikricha, Turkiya davlati muhojirlarni YeI hududiga o‘tishiga asos bo‘lib xizmat qiladigan “kalit” rolini o‘ynamoqda. Bryussel muhojirlar masalasida chegaralardagi nazoratni kuchaytirishi uchun Anqaraga moddiy yo‘nalishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildirib o‘tgan.

Top