07:42 / 24.11.2015
1742

Yevropa Ittifoqi va Turkiya yetakchilari 29 noyabrda muhojirlar inqirozi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazadi

Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Yevropa Ittifoqi va Turkiya yetakchilarining migratsiya inqirozi hamda YeI va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi masalalari bo‘yicha uchrashuvi Bryusselda 29 noyabrda bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi. Tusk bu haqda o‘zining tvitterida yozgan.    

“Men YeI-Turkiya sammitini yakshanba, 29 noyabr kuni soat 16.00da chaqiraman. Sammitdan maqsad munosabatlarga yangi turtki berish va migratsiya oqimlarini cheklashni muhokama qilishdan iborat”, deb yozdi Tusk.

Tuskning aytishicha, “ushbu qaror Yevrokomissiyaning ijobiy tavsiyasi va Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘lu bilan telefon suhbatidan keyin qabul qilingan”.

Top