11:09 / 24.11.2015
1798

Falkao va Kurtua "Chelsi"ning "Makkabi"ga qarshi o‘yinida qatnashmaydi

"Chelsi" bugun YeChL 5-tur o‘yinida Isroilning "Makkabi" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Londonliklarning ikki futbolchisi Tibo Kurtua hamda Radamel Falkao jamoa bilan Tel-Avivga uchmagan. Ular jarohatidan to‘liq tuzalmagani taxmin qilingan.

Bundan tashqari, ushbu o‘yinda Zuma hamda Azarning ishtiroki ham so‘roq ostida ekani aytilgan.

YeChLning G guruhida ishtirok etayotgan "Chelsi" 4-tur o‘yinlari natijalariga ko‘ra, 7 ochko to‘plagan va guruhda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bugun guruhning ikkinchi o‘yinida "Portu" va Kiyevning "Dinamo" jamoasi uchrashadi. "Portu" 10 ochko bilan guruh yetakchisi bo‘lib turibdi. Kiyevliklarda esa 5 ochko to‘plangan.

Top