17:23 / 24.11.2015
10203

Har bir kishi amalga oshirishi lozim bo‘lgan 7 xato

“Beayb Parvardigor”, hamma ham xato qiladi, bundan qochib qutulib bo‘lmaydi. Oxiri puch xatti-harakatlar kelgusida qanchalik og‘riq va afsus-nadomatlar keltirishi muhim emas. Chunki ularning barchasi oxir-oqibat rivojlanishga olib keladi, axir xatolardan baribir qandaydir xulosa chiqaramiz!

Aslini olganda, ba'zi adashuvlar shaxs kamoloti uchun juda kerak. Ulardan cho‘chimaslik zarur. Yaxshisi, ularga yosh va hech narsadan cho‘chimaydigan paytingizda ro‘y bergani ma'qul, xuddi bolalikda suvchechak bilan og‘rigan kabi: katta yoshda bu xavfli kasallikka yo‘liqishdan xudo asrasin.

Biz qachondir o‘zimiz yo‘l qo‘ygan va darhaqiqat yaxshi tomonga o‘zgarishimizga yordam bergan xatolar ro‘yxatini tuzishga qaror qildik. Yana bir tekshirib ko‘ring - mabodo biror kamchilik qolib ketmadimikin...


Aybdor  axtarish

“Muvaffaqiyatsizliklarda birinchi galda o‘zini ayblash kerak”, degan gapni ko‘p eshitganmiz. Va bu to‘g‘ri. Ammo hayotda bir marta bo‘lsa-da, bunga yo‘l qo‘yib, kimnidir ayblab ko‘ring. Bu qanday zararli va g‘irt befoyda ish bilan mashg‘ul bo‘layotganingizni tezroq tushunib yetish hamda  boshqa hech qachon bunday bemazagarchilikka qo‘l urmasligingizda  yordam beradi. 


Tavakkal qilish

Shaxsiy hayotdan tortib, karera borasida ham tavakkal qilish ko‘pchiligimiz uchun o‘ylab topish mumkin bo‘lgan eng katta xatodek tuyuladi. Aslida esa buni kerak bo‘lsa har bir kishi boshidan o‘tkazishi zarur. Avvalo, bu narsa mohiyatni ochib beradi: siz nihoyat har qanday tavakkalchilikka qodir ekanligingizga o‘zingiz ishonch hosil qilasiz. Qolaversa, bu sizni aqlliroq va xotirjamroq qiladigan eng muhim hayotiy tajriba. Tavakkal qilishdan cho‘chimang, hech narsaga urinmay kun o‘tkazishdan yomoni yo‘q, ishonavering.


Uzil-kesil voz kechish

Umringizda bir bor shunday qilib ko‘ring. Mulohazakorlik, xushmuomalalilik, boshqalarning fikri bilan hisoblashish degan narsalarni bir chetga surib qo‘ying: shu odamning turqu tarovatini ko‘rgingiz yo‘qmi? Voz keching, tamom-vassalom. Qo‘rqmang, osmon uzilib, yerga tushmaydi. Orttirilgan tajriba kelgusida shunday vaziyat ro‘y bergudek bo‘lsa, undan boshni baland ko‘tarib chiqib ketish imkonini beradi. 


Ko‘ngildagidek ish emas

Arzimagan oylikka g‘irt ahmoqona joyda ishlash? Ha, albatta. Hayotda o‘z o‘rnini bilish, vaqti va o‘z bilimlarini teran baholash uchun kerakli tajriba. Boshqa joyga ishga joylashish uchun suhbatdan o‘tishda o‘zingizga ishonchingiz balandroq bo‘ladi, bu esa tuzukroq lavozimga da'vo qilishingizda asqotadi.


Tushkunlik

Inkor etmaymiz, bir qarashda oddiy bo‘lmagan maslahat. Biroq eng quyini bir bor ko‘rmasdan cho‘qqini ko‘zlash ancha mushkul masala. Joan Rouling Garri Poter haqidagi kitoblarini yozgunga qadar oddiy uy bekasi edi: bolaga qarov, mablag‘, ish va kelajakning yo‘qligi. Adiba o‘z intervyularida faqatgina ilojsiz vaziyat uni roman yozishga o‘tirishga majbur qilganini tan olgan. Tushkunlikdan qo‘rqmang: tinib olganidan keyin bu to‘lqin sizni yangi intilishlar sohiliga chiqarib tashlaydi.


Bunga loyiq bo‘lmagan  insonga ko‘ngil qo‘yish

Deyarli aksariyat odamlar bu bosqichni bosib o‘tishadi va ko‘p vaqtlarini afsuslanish va pushaymonlik bilan o‘tkazishadi: eh, hayotimning eng zo‘r yillarini ko‘kka sovurdim! Tajribaga, birodar, tajribaga.

Ikki-uch adashuv sizni nishonni aniq mo‘ljalga ola biladigan eng mohir merganga. Shunday ekan,  sizga fe'l-atvori zid bo‘lgan insonga ko‘ngil qo‘yishdan cho‘chimang. Hech bo‘lmaganda, bir umrga tatigulik hissiyotlarga ega bo‘lishingiz aniq.  


Hammasini to‘kib solish

Vazminlik, muloyimlik, atrofdagilarga doimiy e'tiborning  aks  tomonlari ham bo‘lishi mumkin. Hech yo‘q umringizda bir marta insonning yuziga u haqda nima deb o‘ylashingizni aytishga imkon toping. Nima bo‘lsa bo‘lar, jillaqursa, ichingizni bo‘shatib olasiz! 

Top