18:36 / 24.11.2015
3643

Iordaniya qiroli Su-24 uchuvchisi vafoti munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi

Iordaniya qiroli Abdulla II Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Suriyada urib tushirilgan Su-24 uchuvchisining vafoti munosabati bilan Putinga hamdardlik bildirdi.
Mazkur uchrashuv Sochi shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Qirol so‘zlariga ko‘ra, mazkur hodisa yana bir marta terrorizmga qarshi hamkorlikda kurash olib borish zarurligini ko‘rsatdi.

Eslatib o‘tamiz, Su-24 samolyoti Suriyaning Latakiya provinsiyasida Turkiya qiruvchisi tomonidan urib tushirilgan edi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, katapulta orqali hayotini saqlab qolishga uringan ikki uchuvchi ham keyinchalik vafot etgan.

Top