19:39 / 24.11.2015
2085

Jazoirda ro‘y bergan yong‘inda 18 nafar qochqin halok bo‘ldi

Jazoir janubidagi qochqinlar lagerida ro‘y bergan yong‘in natijasida eng kamida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 37 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Reuters.

Mazkur lagerda qo‘shni Afrika mamlakatlaridan bo‘lgan 650 nafar qochqin yashayotgan edi. So‘nggi oylarda Jazoir hukumati nigerlik qochqinlarni Nigerga repatriatsiya (qochqinlarni o‘z vataniga qaytarish) qilish bo‘yicha erishilgan shartnoma bo‘yicha harakatlarni boshlagan edi.

Yong‘in sabablari hozircha oshkor qilingani yo‘q, shuningdek, halok bo‘lganlarning fuqaroligi ham noma'lum.

Top