16:47 / 24.11.2015
6064

Mourinodan «Real» muammolari haqida so‘rashdi. Javob o‘ziga xos bo‘ldi

«Chelsi» klubi bosh murabiyi Joze Mourino «Real» jamoasidagi muammolar haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men «Chelsi»dan 2007 yilda ketganman va ishni boshqatdan boshlash uchun sakkiz oy kutganman. So‘ng «Inter»ga ketdim. Bu vaqt ichida men biror marta intervyu bermadim, «Chelsi» yoki boshqa muammoli klublar haqida biror so‘z aytmadim. Men sakkiz oy sukut saqladim.

Futbol – uning ichida ishlaydiganlar uchun. Men hozirda qiyinchilikni boshdan kechirayotgan klublar haqida gapirayotgan juda ko‘p odamlarni ko‘ryapman. Bu hurmat va etikaga zid.

«Real»? Men ular haqida faqat g‘alaba qozongan vaqtlarida gapirishim mumkin, yutqazgan vaqtlarida emas. Klasiko? U hozir men uchun hech narsa emas.

Men boshqa jamoalar yutqazayotganda xursand bo‘lmayman. Men o‘z jamoamning g‘alabalaridan rohatlanaman. Shuning uchun ham so‘nggi besh oyda unchalik ko‘p kulmayapman», – dedi Mourino.

Top