07:20 / 24.11.2015
3765

OAV: Parij yaqinida portlovchi qurilma o‘rnatilgan "shahidlar nimchasi" topildi

Parij shahri yaqinidagi hududda o‘rnatilgan chiqindi idishlaridan biridan "shahidlar belbog‘i" topilgan. Bu haqda Le Figaro xabar bergan.

Nashrning yozishicha, politsiyachilar ayni vaqtda topilmani o‘rganishmoqda.

Ushbu nimcha Parij yaqinidagi Monruj tumanida aniqlangan.

Mahalliy OAVlarda yozilishicha, Parij terakti tashkilotchisi sifatida gumon qilinayotgan Saloh Abdislom shu hududda mobil telefondan foydalangani aniqlangandi.

Bundan oldinroq, 13 noyabr kungi teraktlarga aloqador deb hisoblanayotgan Saloh Abdislom "shahidlar nimchasi"ni taqqan holda Parijdan Bryusselga kelgani haqida xabar berilgandi.

Top