12:23 / 24.11.2015
6114

OAV salomlashish o‘rniga “shoxlashayotgan” yigitlardan norozilik bildirdi

“Oila davrasida” gazetasining navbatdagi sonida O‘zbekiston yoshlarining salomlashish madaniyatiga bag‘ishlangan material chop etildi.

Jurnalist oxirgi yillarda yosh yigit va qizlar o‘rtasida urf bo‘layotgan bir qancha xatti-harakatlarni tanqid ostiga oldi. Birinchi navbatda ayrim yigit-qizlarning o‘pishib ko‘rishishiga e'tibor qaratildi. Bundan tashqari, bolalar salomlashish o‘rniga “shoxlashayotgani”, ya'ni bosh urishtirib qo‘yayotgani uning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Maqola muallifi ayrim yoshlar “Assalomu alaykum” o‘rniga “sava”, “salyut”, “ayva” so‘zlarini qo‘llayotganini ta'kidlab o‘tdi.

“Ayrim yoshlarimizda hatto shu chala “Assalom”ni aytishga yo xohish, yo hafsala yo‘q. Ba'zilari esa “zamonaviy” ko‘rinishda salom berishadi: “salyut”, “sava”, “ayva...”, - deb yozadi u.

“Kursdosh yigitlarimizdan biri ertalab darsga kelganda dugonam bilan o‘pishib so‘rashadi... Bir gal dugonamga ochig‘ini aytdim: “Uyalmaysanmi, o‘g‘il bola bilan ham o‘pishib ko‘rishadimi?”. U esa menga “madaniyat”dan orqada qolgan avomdek qarab, kuldi: “Sen buni qayerdan ham tushunarding...”. O‘zimcha o‘yladim: “agar shu “madaniyat” bo‘lsa, mayli, bir umr madaniyatsiz bo‘lib o‘ta qolay”, - deb xulosa qilinadi materialda.

Top