17:01 / 24.11.2015
3949

O‘zbekiston Afg‘onistonga Rossiya insonparvarlik yuklarini o‘tkazdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga yo‘l olgan Rossiyaning 26ta «Kamaz» yuk mashinasini o‘z hududi orqali o‘tishiga ijozat berdi.

Avtomashinalar kolonnasi Termizdan Afg‘onistonning Mozori Sharif (mamlakat shimolidagi Balx provinsiyasi ma'muriy markazi) tomonga kuzatib qo‘yildi.
Rossiya Federatsiyasining Mozori Sharifdagi bosh konsuli Dmitriy Kabayev ma'lumotlariga ko‘ra, barcha avtotexnikalar BMTning Afg‘oniston shimoliga insonparvarlik yuklarini yetkazish uchun Oziq-ovqat dasturiga yetkazib berilgan.

“Rossiya qo‘shni Afg‘onistonga kelgusida ham zarur yordamlarni ko‘rsatishga tayyor”, - dedi rossiyalik diplomat Ariana news afg‘on telekanaliga bergan intervyusida.

Top