15:48 / 24.11.2015
2902

O‘zbekiston orqali Tojikistondan 22 kg geroin Rossiya va YeI hududiga olib o‘tilishi to‘xtatildi

O‘zbekiston bojxonachilari Tojikiston orqali Rossiya va Latviyaga olib ketilayotgan 22 kilogramm giyohvandlik moddasini qo‘lga olishgan.

«Bekobod» temiryo‘l bekatida olib borilgan tekshiruv vaqtida O‘zbekiston orqali Rossiya va Latviyaga jo‘natilayotgan Tojikiston fuqarosiga tegishli bo‘lgan umumiy og‘irlig‘i 22 kilogramm geroin moddasi qo‘lga olindi», — deya gapirib o‘tgan bojxona qo‘mitasi rasmiylaridan biri.

Mazkur yuk poyezd g‘ildiraklari orasiga yashirilgan holatda bo‘lgan.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati bergan ma'lumotga ko‘ra, 2015 yilning yanvar-sentabr oralig‘ida bo‘lgan muddat davomida bjxona xodimlari 120 kilogrammdan ortiqroq giyohvandlik moddalarini qo‘lga olishgan.

2014 yilda bojxona idoralari tomonidan 177 marotaba noqonuniy ravishda giyohvandlik moddalarini olib kirish bilan bog‘liq jinoyatlarni qayd etishgan.

Top