20:21 / 24.11.2015
3275

O‘zbekiston TIVda Rossiya elchisi bilan bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar muhokama qilindi

2015 yilning 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Suhbat davomida O‘zbekiston—Rossiya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama etish chog‘ida asosiy e'tibor turli darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarga qaratildi.

Top