09:32 / 24.11.2015
3022

Peres: Ronaldu mendan o‘zi va Benitesdan birini tanlashni talab qilmagan

«Real» jamoasi prezidenti Florentino Peres 23 noyabr oqshomida tashkil etilgan matbuot anjumanida klubdagi vaziyat yuzasidan izohlar berib o‘tdi.

«Yanvar oyidan boshlab jamoaning o‘yinida pasayish yuz bera boshladi. Biz muammoni hal qilish uchun Benitesni tanladik. Lekin barcha narsani bir kechada hal qilib bo‘lmaydi.

Direktorlar kengashining hech bir a'zosi Benitesni iste'foga chiqarish masalasini ko‘tarmadi. Biz unga ishonamiz va unga imkon berishimiz kerak.

Jamoa sardorlaridan ham hech kim murabbiyni almashtirishni so‘ramagan. Krishtianu bu haqda gapirmadi. Krishtianu o‘zi yoki Benitesni tanlashni so‘ramadi.

Ayrimlar men "Real"dan ketsam yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Bu fikrga qo‘shilmayman. Menga turli fikrlarni yetkazishadi. Ayrim yolg‘on fikrlarga ko‘ra, men Ronalduni sotish bo‘yicha muzokara olib borgan ekanman.

Kimlardir direktorlar kengashi va o‘yinchilar Benites «Real» murabbiyi sifatida ishlashini istamaydi, deb o‘ylashadi. Lekin bu yolg‘on», – dedi Peres.

Bundan oldinroq, "Barselona"ga qarshi "El Klasiko" bahsidagi yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan keyin (0:4) "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoa rahbariyatiga bosh murabbiy Rafael Benitesni bo‘shatib yuborish chaqirig‘i bilan murojaat qilgani, yo‘qsa o‘zi ketmoqchiligini aytgani haqida xabar berilgandi.

Top