16:58 / 24.11.2015
3728

Peskov: Putin Su-24 bilan bog‘liq hodisaga Iordaniya qiroli bilan uchrashuvda baho berishi mumkin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Su-24 bilan bog‘liq hodisaga bugun (24 noyabr. — Kun.uz) baho berishi mumkin, deya xabar qilmoqda TASS.

Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
“Men Putin qirol (Iordaniya, Abdulla II. — Kun.uz) bilan uchrashuvdan bayonot beradi, demadim”, - dedi Peskov. Biroq u shunday deb qo‘shimcha qildi: “Men mazkur mavzu ko‘tirilishi mumkinligini aytdim. Ehtimol, prezident munosabat bildirar”.

Bundan avvalroq esa Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov Suriyada Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishini “juda jiddiy hodisa”, deb atagan edi.

Top