17:49 / 24.11.2015
2620

Platini butun umrga futboldan chetlatilishi mumkin

UYeFA prezidenti Mishel Platini butun umrga futboldagi faoliyatidan chetlatilishi mumkin. Bu haqda Agency France Presse axborot agentligi xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, bu ma'lumotni Platinining advokati Tibo d'Ale ma'lum qilgan. FIFA axloq qo‘mitasi shunday qaror chiqarishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Platini, FIFA prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etish maqsadida 90 kunlik futbol faoliyatidan chetlatish qarori bo‘yicha Sport arbitraj sudiga (CAS) shikoyat xati bilan murojaat qilgandi.

Biroz oldinroq, Blatter va Platini 7 yil muddatga futboldan chetlatilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Top